Jahon

Braziliyada futbol muxlislarini olib ketayotgan avtobus ag‘darilib ketdi

Hodisa joyida 7 kishi halok bo‘lgan, yana 10 kishi mashina ichida siqilib qolgan.

Braziliyada futbol muxlislarini olib ketayotgan avtobus ag‘darilib ketdi

 

Braziliyada «Korintians» futbol klubi muxlislarini olib ketayotgan avtobus ag‘darilib ketdi va 7 kishi halok bo‘ldi, deya xabar berdi Globo nashri.

 

Hodisa 20 avgust kuni Belu-Orizonti shossesida sodir bo‘lgan. Avtobus Braziliya chempionati doirasida bo‘lib o‘tgan «Korintians» — «Kruzeyro» uchrashuvidan so‘ng San-Pauluga ketayotgan edi. Avtobusda 46 kishi bo‘lgan.

 

Hodisa joyida 7 kishi halok bo‘ldi, yana 10 kishi mashina ichida siqilib qolgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"