Jahon

Koinotda so‘roq belgisiga o‘xshash obyekt aniqlandi

U Yerdan 1470 yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan.

Koinotda so‘roq belgisiga o‘xshash obyekt aniqlandi

 

Jeyms Uebb kosmik teleskopi so‘roq belgisiga o‘xshash koinot obyektini topdi. Bu haqda “Yangi O‘zbekiston” nashri yozmoqda.

 

Xususan, fotosuratda Herbig-Haro 46/47 deb nomlangan bir juft yosh yulduzlar tasvirlangan. Somon yo‘li galaktikasidagi Yerdan 1470 yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan bu yulduzlar hali ham faol shakllanib, bir-birini yaqin masofada aylanib chiqadi.

 

Tadqiqotchi Kristofer Brittning fikricha, bu sirli obyekt Yerdan milliardlab yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan ikki galaktikaning birlashishidan yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, aksariyat galaktikalar o‘z mavjudligi davomida bir necha marta shu tarzda o‘zaro taʼsirga kirishadi, lekin bu jarayon uzoq davom etmaydi.

 

Shuningdek, u kelajakda bizning Somon yo‘li galaktikamiz ham Andromeda galaktikasi bilan birlashishi mumkinligini qo‘shimcha qildi. Olimlarning fikriga ko‘ra, bu taxminan to‘rt milliard yildan keyin sodir bo‘ladi, ammo u qanday shakl hosil qilishi nomaʼlum.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"