Jahon

Malayziyada reaktiv samolyot halokatga uchradi

Oqibatda qurbon bo‘lganlar bor.

Malayziyada reaktiv samolyot halokatga uchradi

 

Malayziyada reaktiv samolyot halokatga uchradi.

 

Politsiyaning aytishicha, hodisa joyida 10 kishi halok bo‘lgan. Ulardan sakkiz nafari bortdagi yo‘lovchilar va ekipaj aʼzolari, ikki nafari yerda bo‘lgan avtomobil va mototsikl haydovchilaridir. Qulagan samolyot ularga kelib urilgan.

 

Fojia Selangor shtatining chekka hududlarida sodir bo‘lgan. Xususiy samolyot mamlakat shimolidagi kurort orolidan havoga ko‘tarilgan va davlat aeroportiga qo‘nishi kerak edi. Hodisa joyida politsiya va o‘t o‘chiruvchilar ishlamoqda.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"