Jahon

Sukerberg UFCʼda jang qilmoqchi

Bu haqda tashkilot prezidenti maʼlum qildi.

Sukerberg UFCʼda jang qilmoqchi

 

Amerikalik tadbirkor Mark Sukerberg Ultimate Fighting Championship (UFC)da jang qilmoqchi. Bu haqda tashkilot prezidenti Dana Uayt maʼlum qildi.

 

“Birinchi kundanoq Mark juda jiddiy yigit ekanligini aytdim. U sportni yaxshi ko‘radi va qattiq mashq qiladi”, - deb Uayt so‘zlarini keltirmoqda TMZ Sports. Uning so‘zlariga ko‘ra, tadbirkor oktagonda jang qilishga jiddiy yondashgan.

 

Avvalroq Ilon Mask ijtimoiy tarmoqlarda Sukerberg mashhur Rim Kolizeyida duel o‘tkazish g‘oyasidan voz kechgani haqida yozgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, endi bu voqea qayerda bo‘lishi noaniq.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"