Jahon

Qrim ko'prigiga raketa hujumi uyushtirildi

Ko'prikda maxsus xizmatlar tomonidan tutun pardasi o‘rnatildi.

Qrim ko'prigiga raketa hujumi uyushtirildi

 

Anneksiya qilingan Qrimni Rossiya bilan bog'lovchi ko'prikka raketa hujumi uyushtirildi.

 

Qrim ko‘prigi hududida havo hujumidan mudofaa tizimi ikkita raketani urib tushirdi, dedi Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrim rahbari Sergey Aksyonov. Uning qo‘shimcha qilishicha, ko'prikka zarar yetmagan. Shuningdek, anneksiya qilingan Qrim rahbarining maslahatchisi Oleg Kryuchkov ham ko'prik bilan bog'liq vaziyat yuzasidan ma'lumot berdi.

 

“Maxsus xizmatlar tomonidan tutun pardasi o‘rnatildi. Tez orada transport harakati qayta tiklanadi”, — deydi u.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Kerchdan videolar chop etilmoqda. Kadrlarda ko‘prik hududida tutun borligini ko‘rish mumkin. Qrim koʻprigida avtotransportlar harakati vaqtincha toʻsib qoʻyildi, deb xabar qildi shtab. Birzodan ko'prik transport vositalari harakati uchun qayta ochilgan.

 

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina armiyasi Qrim ko‘prigiga “zarba beruvchi versiyaga aylantirilgan S-200 zenit-raketalari bilan hujum qilganini bildirdi. Vazirlikning ta'kidlashicha, raketalar havoda aniqlangan va tutib olingan.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"