Jahon

Mask va Sukerberg jangi o‘tkaziladigan joy aniq bo‘ldi

Jangdan tushgan mablag‘ xayriyaga yo‘naltiriladi.

Mask va Sukerberg jangi o‘tkaziladigan joy aniq bo‘ldi

 

Tesla asoschisi Ilon Mask va Meta egasi Mark Sukerberg o‘rtasidagi jang qadimgi Rim fonida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Maskning o‘zi X tarmog‘idagi sahifasida maʼlum qildi.

 

“Jang mening va Sukerbergning mablag‘lari hisobidan tashkil etiladi. Jonli translatsiya shu platformada va Metaʼda bo‘ladi. Hamma narsa Qadimgi Rim fonida bo‘ladi, yaʼni zamonaviy hech narsa bo‘lmaydi. Men  Italiya bosh vaziri va madaniyat vaziri bilan gaplashdim”, — deb yozgan Ilon Mask.

 

Italiya madaniyat vaziri Gennaro Sangiuliano Mask bilan “uzoq do‘stona suhbat” o‘tkazganini tasdiqladi va ular “qadimgi Rim tarixiga bo‘lgan umumiy ishtiyoq” haqida gaplashgan.

 

Sangiulianoning so‘zlariga ko‘ra, jangdan tushgan daromad mamlakatdagi ikkita bolalar shifoxonasi uchun xayriya ishlariga yo‘naltirilishi mumkin.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"