Jahon

Ekvadorda 60 kunlik favqulodda holat va 3 kunlik motam e'lon qilindi

Prezidentlik saylovi esa belgilangan sanada bo'lib o'tadi.

Ekvadorda 60 kunlik favqulodda holat va 3 kunlik motam e'lon qilindi

 

Ekvadorda 20-avgustga belgilangan prezidentlik saylovlari sanasi nomzodlardan birining o‘ldirilishi fonida o‘zgarmaydi, dedi mamlakat milliy saylov kengashi rahbari Diana Atamaint. 

 

“20-avgustga belgilangan saylovlar sanasi o‘zgarishsiz qoladi”, — dedi u Ekvador Prezidenti ma’muriyatining YouTube’dagi kanalida efirga uzatilgan xalqqa murojaatida.

 

Avvalroq nomzodlardan biri Fernando Villavisensio tahdidlarga uchragani va chorshanba kuni Kitodagi miting chog‘ida o‘ldirilgani, hujum oqibatida to‘qqiz kishi jarohatlangani haqida xabar berilgan edi. Ekvador Bosh prokuraturasi qotillikda gumon qilingan shaxs otishmada yo'q qilinganini ma'lum qilgan. Mamlakat bo'ylab 60 kunlik favqulodda holat va 3 kunlik motam e'lon qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"