Jahon

Moskvada yana dronlar hujumi uyushtirildi

Bu haqda poytaxt meri Sergey Sobyanin maʼlum qildi.

Moskvada yana dronlar hujumi uyushtirildi

Moskva meri Sergey Sobyanin Rossiya poytaxtiga yaqinlashayotgan ikkita jangovar dron urib tushirilganini maʼlum qildi. Ular havo hujumidan mudofaa tomonidan yo‘q qilingan. 

 

Sobyaninning ytishicha, dronlar Domodedovo va Minsk trassasi yaqinida urib tushirilgan.

 

“Shahar uzra ikkita jangovar uchuvchisiz samolyot uchib o‘tishga urindi. Har ikkisi ham havo mudofaasi tomonidan yo‘q qilindi. Hozirgacha dronlar haqida maʼlumot yo‘q. Favqulodda xizmatlar voqea joyida ishlamoqda”, — deb yozdi u.

 

Moskva aholisi mahalliy soat 3:00 atrofida baland tovushlarni eshitganliklarini xabar qilishdi.

 

Shuningdek, tarmoqda Moskvaga uchuvchisiz samolyot hujumi paytida tasvirga olingani aytilayotgan video eʼlon qilingan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"