Jahon

Yevropa kompaniyalari Ukrainadagi urush boshlanganidan beri 100 mlrd yevro yo‘qotdi

Yevropa kompaniyalari urush boshlanganidan keyin o‘z biznesini sotish, yopish yoki qisqartirish bilan bog‘liq xarajatlarga duch kelgan.

Yevropa kompaniyalari Ukrainadagi urush boshlanganidan beri 100 mlrd yevro yo‘qotdi

 

Rossiyaning 2022-yil 24-fevraldagi Ukrainaga keng ko'lamli bostirib kirishi boshlanganidan beri Yevropa kompaniyalarining Rossiyadagi faoliyati bilan bog'liq to'g'ridan-to'g'ri yo'qotishlari kamida 100 milliard yevroni tashkil etdi. Bu haqda Financial Times 600 ta eng yirik kompaniyaning moliyaviy hisobotlariga tayanib xabar bermoqda.

 

Nashrning yozishicha, Yevropaning 176 kompaniyasi o‘z aktivlarining amortizatsiyasi, “birja bilan bog‘liq xarajatlar”, shuningdek, biznesni sotish, yopish yoki qisqartirish bilan bog‘liq xarajatlarga duch kelgan.

 

Eng katta yo'qotishlar energetika korxonalari tomonidan ko'rilgan deb yozadi FT. Xususan, BP, Shell va TotalEnergies jami 40,6 milliard yevro zarar ko‘rgan. Biroq ekspertlarning fikricha, ular neft va gaz narxining yuqoriligidan zarar miqdorini foyda bilan qoplashga muvaffaq bo'lishgan.

 

Shuningdek, moliyaviy kompaniyalar, jumladan, banklar, sug‘urta va investitsiya kompaniyalari ham katta zarar ko‘rdi — ular 17 yarim milliard yevroga yaqin yo‘qotishgan. Bundan tashqari, avtomobil ishlab chiqaruvchilari 13,6 milliard yevro miqdorida zarar ko‘rgan.

 

Gazetaning yozishicha, Yevropa kompaniyalari orasida eng ko‘p zarar ko‘rgan Britaniya kompaniyalari bo‘lib, ular 30 milliard yevrodan ortiq zarar ko‘rgan. Ikkinchi va uchinchi o'rinlarni birgalikda 40 milliarddan ortiq yo'qotgan nemis va fransuz firmalari egalladi. Shu bilan birga, Italiya, Irlandiya va Daniya kompaniyalari ham katta yo'qotishlarga uchragan.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"