Jahon

Yurak kasalliklarini teri orqali aniqlash usuli ishlab chiqildi

Bu bo‘yicha olimlar tadqiqot o‘tkazishdi.

Yurak kasalliklarini teri orqali aniqlash usuli ishlab chiqildi

 

Rossiyalik olimlari surunkali yurak yetishmovchiligini teri orqali aniqlash usulini ishlab chiqishdi. Bu haqda “Yangi O‘zbekiston” nashri yozmoqda.

 

Tadqiqotchilar terini lazer vositasida nurlantirishga asoslangan mazkur tashxis qo‘yish usuli mavjud invaziv usullarga muqobil bo‘lishiga ishonishmoqda.

 

JSST maʼlumotlariga ko‘ra, yurak-qon tomir kasalliklari har yili dunyo bo‘yicha 20 millionga yaqin odam o‘limiga olib keladi. Bularga surunkali yurak yetishmovchiligi kiradi – bu kasallikda tananing qon va to‘qimalari kislorod bilan to‘liq to‘yinmaydi.

 

Shu bilan birga, kasallikning dastlabki bosqichi alomatlarsiz davom etadi, shuning uchun surunkali yurak yetishmovchiligida bemorga ko‘pincha zarur tibbiy yordam ko‘rsatish qiyin bo‘lgan og‘ir holatlarda tashxis qo‘yiladi.

 

Samara universiteti olimlari boshqa oliy o‘quv yurtidagi hamkasblari bilan birgalikda optik usul yordamida surunkali yurak yetishmovchiligini tashxislash imkonini beruvchi sensorni ishlab chiqishga muvaffaq bo‘lishdi.

 

Bu qo‘shimcha reagentlardan foydalanmasdan surunkali yurak yetishmovchiligini aniqlashning dunyodagi birinchi usuli hisoblanadi.

 

Lazer bemor bilagining ichki tomonida taʼsir ko‘rsatadi, teriga kirib boradi, radiatsiya to‘qimalar bilan o‘zaro taʼsirlanganda o‘z energiyasini o‘zgartiradi. O‘zgarishlar maxsus zond yordamida qayd etiladi, inson terisining spektral profili aniqlanadi. Ushbu maʼlumotlar mashina usuli yordamida tahlil qilinadi, bu surunkali yurak yetishmovchiligi mavjudligi borasida aniq tashxis qo‘yish imkonini beradi.

 

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"