Jahon

X ijtimoiy tarmog‘i sabab jabrlanganlarga haq to‘lanadi

Bu haqda Ilon Mask maʼlum qildi.

X ijtimoiy tarmog‘i sabab jabrlanganlarga haq to‘lanadi

 

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘ida (sobiq Twitter) postlar joylagani yoki layk bosgani uchun o‘z ish beruvchilaridan nohaq jabrlanganlarga yordam ko‘rsatishini aytdi.

 

U har qanday xarajatlarni to‘lashga tayyorligini bildirgan.

 

“Agar ushbu platformada biror narsa joylashtirganingiz yoki laykingiz uchun ish beruvchingiz sizga nohaqlik qilgan bo‘lsa, biz sizning qonuniy hisobingizni to‘laymiz. Cheklov yo‘q”, — deb yozgan Mask X ijtimoiy tarmog‘ida.

 

Eslatib o‘tamiz, Mask iyul oyida tarmoqda rebrending amalga oshirdi, Twitter logotipi X ga o‘zgartirildi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"