Jahon

Germaniyadagi kasalxonada yong'in yuz berdi

30 ga yaqin shifokorlar jarohat olgan.

Germaniyadagi kasalxonada yong'in yuz berdi

 

Germaniyadagi kasalxonada sodir bo'lgan yong‘in oqibatida 30 ga yaqin odam jarohat oldi. Ularning aksariyati shifokorlar. 

 

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, besh kishining ahvoli og‘ir. Ular tutundan zaharlangan. Jabrlanganlar boshqa kasalxonaga yotqizilgan. Alanga shifokorlardan biri o'z xonasida sigaret chekkani tufayli kelib chiqqani aytilmoqda.

 

Politsiya holat yuzasidan tergov ishlarini olib bormoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"