Jahon

Dunyo bo‘ylab vabo tarqalishi xavfi yuqori—JSST

Yil boshidan beri kasallik 25 mamlakatda qayd etilgan.

Dunyo bo‘ylab vabo tarqalishi xavfi yuqori—JSST

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti dunyoda vabo tarqalishi xavfi yuqori ekanligini maʼlum qildi.

 

Yil boshidan buyon ushbu kasallikning tarqalishi 25 mamlakatda qayd etilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9 ta davlatga ko‘pdir. Tashkilot hozirda vaboning tarqalish xavfini “juda yuqori” deb baholamoqda.

 

Bundan tashqari, kasallanish ko‘payayotgan mamlakatlarda vaksinalar va tibbiy resurslarning yetishmasligi kuzatilmoqda. Ularning aksariyatidagi shifoxonalar bemorlar bilan to‘lib-toshgan.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"