Jahon

Iqlim o‘zgarishi vaboga chalinishni ko‘paytiradi—JSST

Maʼlumotlarga ko‘ra, 2022 yilda 30 ta mamlakatda ushbu kasallik epidemiyasi qayd etilgan.

Iqlim o‘zgarishi vaboga chalinishni ko‘paytiradi—JSST

 

Ekspetlar kelgusida iqlim o‘zgarishi va global isish tufayli dunyoda baʼzi xavfli epidemiyalar avj olishidan xavotirda. Muammoning dastlabki belgilari allaqachon namoyon bo‘la boshlagan.

 

Masalan, yog‘ingarchilik va bo‘ronu to‘fonlar masumida vabo kasalligi avj olishi maʼlum. Dekabrdan mart oyigacha bo‘lgan davr yomg‘irli kunlarga boy.

 

Afrikaning Malavi davlatida xuddi shu oylarda vaboga chalinish holatlari kuzatilayotgandi. Ammo vaqt o‘tishi bilan epidemiologik vaziyat o‘zgarmoqda.

 

Xususan, BMTning Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) vakili Gerrit Marisning qayd etishicha, o‘tgan yili mart oyiga kelib bu mamlakatda endemik bo‘lgan vabo epidemiyaga aylangan.

 

Yaʼni qurg‘oqchilik mavsumida vabo tarqalishi kuzatildi. Joriy yilda esa bu holat yana-da kuchaygan. Fevral oyi boshida kunlik kasallanishlar soni 700 taga yetdi. O‘lim darajasi 3,3 foizni tashkil etdi. Bu — odatdagidan uch baravar ko‘p ko‘rsatkich.

 

Mart oyiga kelib esa vabo 1600 nafardan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi.

 

JSST maʼlumotlariga ko‘ra, 2022 yilda 30 ta mamlakatda ushbu kasallik epidemiyasi qayd etilgan. Bu holat avvalgi yillarga nisbatan ko‘rsatkichlar o‘rtacha 50 foizga oshganini anglatadi.

 

Shu bois olimlar iqlimning keskin o‘zgarishi vaboga chalinish holatlari ortishiga sabab bo‘ladi, deb xulosa qilishmoqda.

 

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"