Jahon

Saratonni bartaraf etadigan hujayraning yangi turi aniqlandi

U 80 foiz holatda muvaffaqiyatli bo‘lishi aytilmoqda.

Saratonni bartaraf etadigan hujayraning yangi turi aniqlandi

 

Buyuk britaniyalik olimlar saratonni samaraliroq bartaraf etadigan maxsus turdagi immun hujayralarini kashf etishdi. Bu haqda “Yangi O‘zbekiston” nashri yozmoqda.

 

Hujayralar bir yil avval saraton kasalligidan davolangan bemorning organizmida aniqlangan. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, bu odamning qonida immun T-hujayralari mavjud. Ular oddiy T-hujayralariga qaraganda o‘smalarni tanib olish va ularga hujum qilishda ancha samarali.

 

Olimlar mazkur hujayralar turli oqsillar vositasida saraton hujayralarini taniy olishini aniqlashdi. Ular bir vaqtning o‘zida bir nechta saraton turlarini davolashi mumkin.

 

Qonida zararli hujayralar borligi aniqlangan bemor saratonning rivojlangan bosqichidan aziyat chekardi. Ammo u o‘smani infiltratsiya qiluvchi limfotsitlar vositasida davolandi hamda kasallikni yengishga muvaffaq bo‘ldi.

 

Mazkur davolash bemorning o‘smasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri oq qon hujayralarini ajratib olishni o‘z ichiga oladi. Keyin ular o‘stiriladi va saratonga qarshi kurashish uchun sunʼiy ravishda kuchaytiriladi.

 

Klinik tadqiqotlar mazkur davolash usuli taxminan 80 foiz hollarda muvaffaqiyatli bo‘lishini ko‘rsatdi.

 

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"