Jahon

Olimlar Antarktidada tarvuz yetishtirishdi

Buning uchun maxsus fitotexnik majmua yaratilgan.

Olimlar Antarktidada tarvuz yetishtirishdi

 

Rossiyalik olimlar Antarktidada tarvuz yetishtirishdi, deya xabar bermoqda “Yangi O‘zbekiston” nashri.

 

Qayd etilishicha, buning uchun maxsus fitotexnik majmua ishlab chiqilgan. Ular o‘simliklar uchun qulay harorat va namlikni yaratishdi. Tuproq o‘rnini bosuvchi, ozuqaviy eritmalar va maxsus tanlangan yorug‘likdan foydalanildi, ularning spektri quyosh nuriga yaqin.

 

103 kun davomida oltita o‘simlikda sakkizta pishgan va shirin meva yetishtirildi. Endi olimlar “Vostok” stansiyasida o‘rmon mevalarini yetishtirishni rejalashtirmoqda.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"