Jahon

Rossiyada Putin boshqaruvi davridagi eng kam tug'ilish haqida xabar berish taqiqlandi

Hukumatparast Rossiya ommaviy axborot vositalari endi Vladimir Putin davrida tug'ilish inqirozini yorita olmaydi. Ukrainadagi urush sababli mamlakatda tug'ilish darajasi eng past darajaga tushib ketgan

Rossiyada Putin boshqaruvi davridagi eng kam tug'ilish haqida xabar berish taqiqlandi

 

Hukumatparast Rossiya ommaviy axborot vositalari endi Vladimir Putin davrida tug'ilish inqirozini yorita olmaydi, deb xabar bermoqda The Moscow Times. Nashrga yaqin manbalarning fikricha, hatto "Rosstat" statistikasini ham salbiy tarzda yoritish taqiqlangan.

 

Taqiq so'nggi oyda ayniqsa qattiqlashdi, deydi manbalardan biri — masalan, tug'ilish darajasini qattiqroq senzura qilish bo'yicha qo'shimcha ko'rsatmalar olingan. Cheklov haqidagi qaror Putin va sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashkoning 12-iyul kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvidan so‘ng qabul qilingan. Shundan so'ng, Murashko ayollar huquqlarini cheklash haqida bir qator bayonotlar berdi: u tibbiy "abort" uchun dori-darmonlarni sotishni cheklashni talab qildi va dorixonalar va shifoxonalarda ular ustidan nazoratni kuchaytirishni hamda xususiy klinikalarda "abort"ni taqiqlashga tayyorligini e'lon qildi.

 

Bundan tashqari, Murashko ta’lim olish va shaxsiy rivojlanish istagida bo‘lgan, lekin farzand ko‘rmaydigan ayollarni tanqid qildi.

 

Nashrning qayd etishicha, urush va safarbarlik tufayli rossiyaliklar migratsiyasining sezilarli to‘lqini fonida, "Rosstat" ham Putin davrida tug‘ilishning eng past darajaga tushib ketganini qayd etgan. Unga ko'ra, hozirda tug‘ilishning nisbiy koeffitsienti 2023-yilning birinchi yarmida 1000 kishiga 8,5 bolani tashkil etdi. Bu ko'rsatkich faqat 1999-yilda pastroq bo'lib, 1000 kishiga 8,3 bolaga tushgan.

 

Ushb qarorlar fonida Rossiya Sog'liqni saqlash vazirligi mamlakatni yo'q bo'lib ketishdan qutqarish uchun favqulodda choralar ko'rishni taklif qildi. Xususan, ayollarning farzand ko‘rishning o‘rtacha yoshini qisqartirish, shuningdek, "abort"ga cheklov qo‘yish ham ko‘zda tutilgan. 

 

Biroq, boshqa mamlakatlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, "abort"ni cheklash tug'ilishga ta'sir qilmaydi — ayollar shunchaki o'zlarini yaxshiroq himoya qila boshlaydilar yoki taqiqlarga qarshi yo'llarni topadilar, deydi ekspertlar.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"