Jahon

Raketalar “yomg‘iri”: Ukraina Rossiyaga zarbalar berdi

Bu Kiyev rejimining Moskvaga uchuvchisiz samolyotdan hujum uyushtirishga birinchi urinishi emas.

Raketalar “yomg‘iri”: Ukraina Rossiyaga zarbalar berdi

 

Bugun ertalab Kiyev rejimi Moskvadagi obyektlarga ikkita dron bilan terrorchilik hujumi amalga oshirishga uringan, ikkalasi ham radioelektron kurash tizimi yordamida bostirilgan, qurbonlar yo‘q, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.

 

24 iyul kuni ertalab Kiyev rejimining ikki uchuvchisiz uchish apparati tomonidan Moskva shahridagi obyektlarga terrorchilik hujumi uyushtirishga urinishi oldi olindi. Ukrainaning ikkita droni radioelektron kurash tizimi yordamida bostirildi va ular qulab tushdi, — deyilgan vazirlik xabarida.

 

Jabrlanganlar yoki qurbonlar yo‘q.

 

Avvalroq Moskva meri Sergey Sobyanin ertalab soat 4 larda dronlar 2 ta noturar joy binosiga zarba bergani, jiddiy vayronagarchiliklar va qurbonlar yo‘qligini maʼlum qilgandi.

 

Poytaxt deptrans idorasi, Komsomolskiy prospekti va Lixachev prospektidagi transport harakati to‘sib qo‘yilganini maʼlum qildi. RIA Novosti muxbirining xabar berishicha, Lixachev prospekti, 15-uyda joylashgan “Lerua Merlen” binosi yonida tez yordam, politsiya va o‘t o‘chirish mashinalari ko‘rinib turibdi. FSB mashinasi ham kelgan.

 

Bu Kiyev rejimining Moskvaga uchuvchisiz samolyotdan hujum uyushtirishga birinchi urinishi emas. Xususan 4 iyul kuni poytaxt viloyatida beshta dron urib tushirildi: ikkita UAV Valuyevo qishlog‘i yaqinida yo‘q qilindi, ular ochiq maydonga qulab tushdi va yana biri Kubinka viloyatida. Havo hujumidan mudofaa tizimi Yangi Moskvada yana ikkita dronni urib tushirdi.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"