Jahon

Afg‘onistonda suv toshqini oqibatida 31 kishi qurbon bo‘ldi

41 kishi bedarak yo‘qoldi.

Afg‘onistonda suv toshqini oqibatida 31 kishi qurbon bo‘ldi

 

Afg‘onistonda kuchli yomg‘ir natijasida yuzaga kelgan suv toshqinlarida kamida 31 kishi halok bo‘ldi, 74 kishi jarohatlandi va 41 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda Afg‘onistonning «Ariana News» telekanali mintaqa rasmiylariga tayanib xabar berdi.

 

Hozirda Afg‘onistonning 17 ta provinsiyasida kuchli yomg‘ir natijasida suv toshqinlari yuzaga kelmoqda. Maʼlumotlarga ko‘ra, suv toshqinlari oqibatida 604 dan ortiq turar-joy va yuzlab gektar yer vayronaga aylangan. Bundan tashqari, 250 bosh chorva mollari nobud bo‘lgan.

 

Mintaqadagi ayrim yo‘llar, jumladan, Bomiyon shahrini Kobul bilan bog‘laydigan avtomagistral yo‘l yopilib qolgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"