Jahon

Iroqning Daniyadagi elchixonasi oldida Qurʼon yoqib yuborildi

Aksiyaga politsiya qarshilik ko‘rsatmagan.

Iroqning Daniyadagi elchixonasi oldida Qurʼon yoqib yuborildi

 

Kopengagendagi Iroq elchixonasi oldida o‘ta millatchi “Daniyalik vatanparvarlar” guruhi vakillari miting o‘tkazdi. Tadbir davomida ular Qur'onni yoqib yuborishgan, deb xabar berdi Anadolu agentligi.

 

Namoyishchilar buni Shvetsiyaning Bag‘doddagi elchixonasiga yaqinda uyushtirilgan hujumga norozilik sifatida uyushtirganini aytishmoqda. Agentlik ma'lumotlariga ko'ra, namoyishga politsiya qarshilik ko'rsatmagan.

 

Eslatib o'tamiz, joriy yilning yanvar oyida ham Stokgolmdagi Turkiya elchixonasi oldida Qur'on yoqib yuborilgan edi. Aksiyani o'ta o'ng va islomga qarshi "Qattiq kurs" partiyasining daniyalik-shved faoli Rasmus Paludan boshqargan. Shuningdek, iyun oyida ham iroqlik muhojir Stokgolmdagi bosh masjid yonida Qur’onni yoqib yuborgan edi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"