Jahon

Tojikiston prezidenti beshinchi marta Umra ziyoratini ado qildi

Shuningdek, Emomali Rahmon uchinchi marta Kaʼbaga kirgan.

Tojikiston prezidenti beshinchi marta Umra ziyoratini ado qildi

 

"Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" formatidagi davlat rahbarlari yig‘ilishida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistoniga tashrif buyurgan Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 19 iyul kuni musulmonlar uchun muqaddas qadamjolarni ziyorat qilib, Umra (kichik Haj) ziyoratini amalga oshirdi. 

 

Prezident matbuot xizmati maʼlumotlariga ko‘ra, Emomali Rahmon ehrom kiyib, Allohning uyiga kirib, Kaʼbatulloh ichida 2 rakaat nafl namozini o‘qigan. Shundan so‘ng, u Safo va Marvo tepaliklariga chiqib, Zamzam qudug‘idan suv ichgan.

 

Ta'kidlanishicha, bu Emomali Rahmonning Saudiya Arabistoniga rasmiy va amaliy tashriflarini oltinchisi bo'lsa, beshinchi marta Makkani ziyorat qilmoqda. 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"