Jahon

Qrim ko'prigida transport harakati tiklandi

Hududda nazorat kuchaytirilgan.

Qrim ko'prigida transport harakati tiklandi

 

18-iyulga o‘tar kechasi Rossiya ommaviy axborot vositalari Qrim ko‘prigida avtomobillar harakati qayta tiklangani haqida xabar berdi.  

 

Qayd etilishicha, transport harakati shikastlangan uchastkada qarama-qarshi yo'lak ikkiga bo'lingan holda tashkil etilgan.

 

Bundan tashqari, ko'prikka kiraverishda shaxsiy buyumlar va avtomashina tekshiriladi.

 

Ko‘prik atrofida tuni bo‘yi tirbandlik yuzaga kelgan. OAV xabarlariga ko‘ra, Kerchdan ko‘prikkacha bo‘lgan tirbandlik taxminan 1,8 kmni tashkil etadi.

 

Eslatib o'tamiz, 17-iyulga o‘tar kechasi Kerch ko‘prigida portlashlar sodir bo‘lib, yo‘lning ikki qismiga zarar yetkazgan. Shundan so‘ng Qrim ko‘prigida harakat to‘xtatildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"