Jahon

YI va Tunis noqonuniy migratsiya bo‘yicha murosaga kelishdi

Yevropa Ittifoqi Tunisga noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish uchun 900 million yevro moliyaviy yordam beradi.

YI va Tunis noqonuniy migratsiya bo‘yicha murosaga kelishdi

 

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen, Niderlandiya va Italiya hukumat rahbarlari hamda Tunis prezidenti Qays Said imzolagan deklaratsiyasiga ko‘ra, Tunis 900 million yevrogacha moliyaviy yordam olishi mumkin. Buning evaziga Shimoliy Afrikaning ushbu davlati muhojirlarni Yevropaga dengiz orqali noqonuniy olib o‘tish va kontrabandaga qarshi kurashga qo‘shilishi kerak. 

 

O‘z navbatida, Said kelishuvlarni «imkon qadar tezroq» amalga oshirishga vaʼda berdi. U noqonuniy migratsiya atrofidagi vaziyatni “g‘ayriinsoniy” deb atadi va bu muammoni birgalikda hal qilish mumkin, degan fikrni bildirdi. 

 

YEI mablag‘laridan 100 million yevro dengizda muhojirlarni qidirish va qutqarish, shuningdek, ularni o‘z vataniga qaytarish uchun yo‘naltirilishi rejalashtirilmoqda. Bu shu paytgacha Tunisga Yevropa byudjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan o‘rtacha yillik mablag‘dan uch barobar ko‘pdir.

 

Qayd etilishicha, joriy yilda Yevropa Ittifoqiga O‘rta Yer dengizi orqali kelgan noqonuniy muhojirlar soni keskin oshgan. Ko‘pchilik uchun Tunis tranzit nuqtasidir. Muammo ayniqsa Italiya uchun keskin. Yil boshidan buyon u yerda dengiz orqali mamlakatga kelgan 75 ming muhojir ro‘yxatga olingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davrida 31,9 ming edi. 

 

Italiya bosh vaziri Jorja Meloni so‘zlariga ko‘ra, u Yevropa Ittifoqi Shimoliy Afrikaning boshqa davlatlari bilan Tunis kelishuviga o‘xshash shartnomalar tuza olishiga umid qilmoqda. 

 

Qayd etilishicha, Tunisning pul olishi uchun esa boshqa masala bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilinishi kerak. Mamlakat haligacha XVJ vaʼda qilgan 1,9 milliard dollarlik kreditni qabul qilmadi, chunki prezident Said zarur islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha majburiyatlarni o‘z zimmasiga olmayapti, deya eslatadi dpa agentligi.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"