Jahon

NATO sammiti oldidan Vilnyus qal’aga aylantirildi

Alyansdagi ittifoqchilar Litvaga Patriot, Nasams tizimlari, qiruvchi samolyotlar va ko`p miqdorda askarlarni joylashtirmoqda

NATO sammiti oldidan Vilnyus qal’aga aylantirildi

 

Reuters ma'lumotlariga ko'ra, Litvada bo'lib o'tadigan NATO sammiti oldidan Vilnyus mudofaasi keskin kuchaytirilmoqda. Unga ko`ra, alyansdagi 16 ittifoqchi 1000 ga yaqin askar yubordi, deb yozadi agentlik. Ko'pchilik, shuningdek, Boltiqbo'yi mamlakatlarida uchramaydigan ilg'or havo mudofaa tizimlarini ham taqdim etdi.

 

"Bayden va 40 ta davlat rahbarlari kelganida osmonimizni himoyasiz qoldirish mas'uliyatsizlikdan ham ko'proq bo'ladi", — dedi Litva prezidenti Gitanas Nauseda.

 

Germaniya ballistik va qanotli raketalarni yoki jangovar samolyotlarni tutib olish uchun foydalaniladigan 12 ta Patriot komplekslarini joylashtirdi. Ispaniya Nasams havo mudofaa tizimini, Frantsiya Sezar o'ziyurar qurollarini etkazib berdi. Fransiya, Finlyandiya va Daniya Litvada harbiy samolyotlarni joylashtirmoqda, Buyuk Britaniya va Fransiya esa uchuvchisiz uchoqlarga qarshi mudofaa vositalarini yetkazib bermoqda, deb yozadi Reuters.

 

"Litva bizdan sammitni himoya qilishni so'radi, NATO ham Germaniyadan yordam so'radi. Bu bizning javobimiz", - dedi Patriotlarni joylashtirish qo'mondoni Steffen Lieb.

 

Ma`lumot uchun, 11-12-iyul kunlari Vilnyusda NATO sammiti bo‘lib o‘tadi.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"