Jahon

To‘qayev Markaziy Osiyo xavfsizligini kuchaytirishga chaqirdi

“Vaziyatni izdan chiqarishga bo‘lgan urinishlarga munosabat bildirishning taʼsirchan mexanizmini ishlab chiqish muhim”, degan Qozog‘iston yetakchisi.

To‘qayev Markaziy Osiyo xavfsizligini kuchaytirishga chaqirdi

 

Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash sohasida sifatli yangi yondashuvlarni ishlab chiqmoq zarur. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Olmaotada bo‘lib o‘tayotgan Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya Xavfsizlik kengashlari kotiblari uchrashuvida videomurojaat shaklida nuqt so‘zlayotib maʼlum qildi, deya xabar bermoqda “Sputnik” nashri.

 

“Hozirgi paytda axborot almashishni kengaytirish va mintaqaviy xavfsizlik sohasidagi muvofiqlashtirishni oshirishga oid alohida choralar yetarlicha emas deb hisoblayman. Vaqt sifatli yangi integratsiya qilingan yondashuvlarni shakllantirishni talab qilmoqda. Ishonchim komilki, mazkur uchrashuv bu uchun yaxshi zamin yaratadi”, ­— dedi To‘qayev.

 

Qozog‘iston rahbarining so‘zlariga ko‘ra, hozirgi sharoitlarda mintaqa uchun barqarorlikni saqlash va butun chegaralar bo‘ylab xavfsizlikni mustahkamlash eng muhim vazifa sanaladi.

 

“Bu masalani biz hamkasblar bilan 2022 yil oktyabrida Ostonada bo‘lib o‘tgan davlat rahbarlarining “Markaziy Osiyo-Rossiya” formatidagi birinchi uchrashuvida batafsil muhokama qilgandik. Xavfsizlik hamkorligimizning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab olingan”, - dedi u.

 

To‘qayevning taʼkidlashicha, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya Xavfsizlik kengashlari kotiblari uchrashuvlarining mexanizmi bu yo‘nalishda aniq yondashuvlar va yechimlarni shakllantirishga ko‘maklashadi.

 

“Gibrid metod va axborot texnologiyalarini qo‘llab, mintaqadagi vaziyatni izdan chiqarishga bo‘lgan urinishlarga munosabat bildirishning taʼsirchan mexanizmini ishlab chiqish muhim”, — dedi Qozog‘iston yetakchisi.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"