Jahon

Erdog‘anning saylovdagi asosiy raqibi 110 yilga qamalishi mumkin

Hozirgacha Kamol Qilichdoro‘g‘liga qarshi 28 ta daʼvo qo‘zg‘atilgan va ular Anqara prokuraturasiga taqdim etilgan.

Erdog‘anning saylovdagi asosiy raqibi 110 yilga qamalishi mumkin

 

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘anning prezidentlik saylovida asosiy raqibi Kamol Qilichdoro‘g‘li daxlsizlikdan mahrum qilingani munosabati bilan sudlanishi mumkin. 

 

Cumhuriyet gazetasining yozishicha, saylovda yutqazgan Qilichdoro‘g‘li parlamentga kira olmadi, chunki ijro hokimiyati rahbari bo‘lgan prezidentlikka nomzod bir vaqtning o‘zida deputatlikka nomzod bo‘la olmaydi. Shu sababli u “immuniteti” — daxlsizligini yo‘qotgan. 

 

Qilichdoro‘g‘lining advokati Jalol Chelikning maʼlum qilishicha, hozirgacha Qilichdoro‘g‘liga qarshi 28 ta daʼvo qo‘zg‘atilgan va ular Anqara prokuraturasiga taqdim etilgan. Uning tushuntirishicha, o‘tmishdagi baʼzi ishlar Qilichdoro‘g‘lining daxlsizligi tufayli to‘xtatilgan edi, endi esa yana ochilishi mumkin. 

 

Jurnalistlar tahliliga ko‘ra, Qilichdoro‘g‘lining hozir sudda bo‘lgan barcha maʼlum ishlari to‘plansa, 110 yillik qamoq jazosiga olib kelishi mumkin. 

 

Shu bilan birga, Qilichdoro‘g‘liga qarshi daʼvolarning aksariyati amaldagi prezident Erdo‘g‘anni haqorat qilish bilan bog‘liq va uning advokatiga ko‘ra, parlament minbaridagi chiqishlar tergovga tortilmaydi. 

 

Shu bilan birga, nashrning qayd etishicha, bu sud jarayonlari Qilichdoro‘g‘li uchun siyosatdan chetlatilishiga olib kelishi mumkin. Taʼkidlanishicha, hatto bir yildan ortiq har qanday qamoq jazosi siyosiy taqiqni anglatadi. 

 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 may kuni Turkiyada navbatdagi prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi. Birinchi tur natijalariga ko‘ra, nomzodlarning hech biri 50 foizdan ko‘p ovoz to‘play olmadi. Saylovchilarning 49,52 foizi Erdo‘g‘anga, 44,88 foizi uning asosiy raqibi Kamol Qilichdoro‘g‘liga ovoz berdi. 28 may kuni Erdo‘g‘an va Qilichdoro‘g‘li saylovning ikkinchi bosqichida «to‘qnash keldi» va Erdo‘g‘an 52,24 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi, Qilichdoro‘g‘li 47,76 foiz ovoz to‘pladi. 

 

Saylov natijalariga izoh bergan Qilichdoro‘g‘li, mamlakatdagi saylov jarayonini so‘nggi yillardagi eng adolatsizi deb atadi. 

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"