Jahon

Hindistonda ommaviy evakuatsiya boshlandi

Mamlakatga kuchli to‘fon yopirilishi kutilmqoda.

Hindistonda ommaviy evakuatsiya boshlandi

 

Hindiston yaqinlashib kelayotgan «Biparjoy» sikloni fonida odamlarni evakuatsiya qilishda davom etmoqda.

 

So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, Gujarat shtatida qirg‘oqbo‘yi hududlaridan 75 ming kishi vaqtinchalik boshpanalarga ko‘chirilgan. Shuningdek, 50,5 ming bosh qoramollar evakuatsiya qilindi. Meteorologlarning prognozlariga ko‘ra, yaqin soatlarda siklon mintaqaga yetib keladi. Kuchli yomg‘ir va shamol tezligi soatiga 150 kilometrgacha bo‘lishi kutilmoqda. Sinoptiklar qirg‘oq bo‘ylab baland to‘lqinlar va suv toshqini haqida ogohlantirgan.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"