Jahon

Bosfor va Dardanell bo‘g‘ozidan o‘tish narxi oshadi

Yangi tartib joriy qilingach, mamlakatning ayni yo‘nalishdagi daromadi yiliga 900 million dollarga yetadi.

Bosfor va Dardanell bo‘g‘ozidan o‘tish narxi oshadi

 

Turkiya 1 iyuldan boshlab Bosfor va Dardanell bo‘g‘ozidan o‘tayotgan kemalar uchun to‘lov miqdorini kamida sakkiz foiz oshiradi. Bu haqda «Aydinlik» gazetasi mamlakat Transport va infratuzilma vazirligi huzuridagi Dengiz ishlari bosh boshqarmasi qaroriga tayanib xabar berdi.

 

Hukumat o‘tgan yil oktyabrda kemalarning Qora dengizga o‘tishi uchun yig‘imni besh karra oshirgan. To‘lov 1936 yil Montre konvensiyasida belgilangan oltin frank qiymatida amalga oshirib kelinadi.

 

"Montre konvensiyasiga ko‘ra, oltin frank qiymatida soliq koeffitsiyenti va Turkiya portlariga kirmay o‘tayotgan kemalardan olinadigan yig‘im 1 iyuldan 8,3 foiz, yaʼni 4,42 dollar oshiriladi", — deyiladi xabarda.

 

Yangi tartib joriy qilingach, mamlakatning ayni yo‘nalishdagi daromadi yiliga 900 million dollarga yetadi.

 

Gazeta aniqlik kiritishicha, Montre konvensiyasi imzolanayotganda oltin frank 0,8 dollarga teng edi. O‘tgan yil oktyabrda esa bu qiymat 4,08 dollarga chiqdi.

 

Montre konvensiyasiga ko‘ra, savdo kemalari tinch va harbiy vaziyatda Bosfor va Dardanell bo‘g‘ozi orqali erkin harakat qilishi mumkin. Hujjatga ko‘ra, Qora dengizga tutash bo‘lmagan davlatlarning harbiy kemalari ushbu dengizda uch haftadan ortiq qolmasligi kerak. Favqulodda vaziyatlarda Turkiya jangovar kemalarni Bosfor va Dardanell bo‘g‘ozidan o‘tkazmasligi mumkin.

 

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"