Jahon

Erdog‘anning inauguratsiyasida 80 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etadi

Marosimda Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etadi

Erdog‘anning inauguratsiyasida 80 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etadi

 

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning 3-iyun kuni Anqaradagi prezidentlik majmuasida bo‘lib o‘tadigan inauguratsiya marosimida 21 ta davlat rahbari va 13 bosh vazir, shuningdek, ko‘plab vazirlar va xalqaro tashkilotlar vakillari, jumladan, Turkiy davlatlar tashkiloti, NATO va Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo hamkorlar qatnashadi, deya xabar bermoqda “Anadolu” axborot agentligi.

 

Prezidentlik saylovlarida 27 mln 834 ming 589 ovoz bilan g‘alaba qozongan Erdog‘an 3-iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:00 da Turkiya Buyuk Millat Majlisida qasamyod qilish marosimida ishtirok etadi. Erdog‘on mandatini Turkiya Oliy Millat Majlisi muvaqqat spikeri Devlet Baxchelidan qabul qilib oladi.

 

Marosimda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Venesuyela Prezidenti Nikolas Maduro, Bolgariya Prezidenti Rumen Radev, Chernogoriya Prezidenti Kiril Ramafosa, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Tokayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Kongo Prezidenti Denis Sassu Nguyesso, Kosovo Prezidenti Vyosa Usmoniy, Shimoliy Makedoniya Prezidenti Ersin Tatar, Shimoliy Makedoniya Prezidenti Stevo Pendarovski, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Bangladesh Prezidenti Mohammad Shahabuddin Chuppu, Gvineya Prezidenti Mamadi Dumbua va boshqa bir qator davlat rahbarlari ishtirok etadi.

 

Bundan tashqari, faxriy mehmonlar ro‘yxatidan 13 nafar bosh vazir hamda Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev, NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg va Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Husayn Ibrohim Taha kabi 8 ta xalqaro tashkilot vakillari o‘rin olgan.

 

Inauguratsiya marosimi yakunlangach, Turkiya prezidenti Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibini eʼlon qiladi.

 

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"