Jahon

Erdog‘anning inauguratsiyasi marosimi boʻlib oʻtdi

Tadbirda dunyoning 78 davlatidan vakillar, jumladan, 20 dan ortiq davlat va hukumat rahbarlari qatnashgan.

Erdog‘anning inauguratsiyasi marosimi boʻlib oʻtdi

Anqaradagi Turkiya parlamenti binosida 3-iyun kuni Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdog‘anning qasamyod qilish va inauguratsiyasining tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda agentligi Anadolu xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, marosim ishtirokchilari orasida dunyoning 78 davlati vakillari, jumladan, 20 dan ortiq davlat va hukumat rahbarlari qatnashgan. Tadbir avvalida Turkiya parlamenti muvaqqat raisi Devlet Baxcheli davlat rahbariga prezidentlik saylovidagi g‘alabadan dalolat beruvchi hujjatni topshirdi. Shundan keyin Erdog‘an Turkiya xalqiga qasamyod matnini o‘qib eshittirgan.

 

«Erdog‘an inauguratsiya marosimidan so‘ng Turkiya Respublikasi asoschisi Mustafo Kamol Otaturk maqbarasiga gulchambar qo‘yadi. Tantanali tadbirlar dasturi Erdog‘an tabriklarni qabul qiladigan prezidentlik majmuasida davom etadi», — deyiladi xabarda.

 

Shundan so‘ng Turkiya rahbari Chankaya qarorgohiga yo‘l oladi va u yerda marosimga tashrif buyurgan oliy martabali mehmonlar sharafiga rasmiy kechki ziyofat uyushtiriladi. Tadbirning oxirgi nuqtasi esa Turkiyaning qayta saylangan prezidenti mamlakatning yangi hukumati tarkibini eʼlon qiladigan brifing bo‘ladi.

 

Maʼlumot uchun, 28-may kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda qaytadan davlat rahbari etib saylangan prezident Rajab Tayyib Erdog‘anning vakolat muddati 2028-yilgacha davom etadi.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"