Jahon

2030 yilda insultdan o‘lim soni 2 baravar oshishi mumkin

Bu bo‘yicha olimlar tadqiqot o‘tkazishdi.

2030 yilda insultdan o‘lim soni 2 baravar oshishi mumkin

 

JSST maʼlumotiga ko‘ra, bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi dunyoda erta o‘lim sabablari orasida ikkinchi o‘rinni egallaydi. Xususan, ishemik insultga chalinganlarning katta qismi hayotdan ko‘z yumishi yoki umrbod nogironlikka mahkum bo‘lishi achinarli holat.

 

Biroq 2030 yilga borib, ushbu kasallikdan o‘lim holatlari ikki barobar ortishi mumkin. Xitoy olimlari Global Health Data Exchange maʼlumotlarini tahlil qilish asnosida shunday xulosaga keldi.

 

Mutaxassislarning ogohlantirishcha, 2019 yilda insult oqibatida 3,29 million kishi hayotdan ko‘z yumgan bo‘lsa, 2030 yilda bu ko‘rsatkich 6,4 million nafarga yetadi.

 

Vaziyatning bunday yomonlashuviga chekish, to‘yib ovqatlanmaslik, buyraklar faoliyati buzilishi, semirish, yuqori qon bosimi, qonda xolesterin va glyukoza miqdori ortishi, sayyoramiz aholisi soni ko‘payishi kabi omillar sabab bo‘ladi.

 

“Albatta, bu prognoz juda xavotirli. Ammo insoniyat ishemik insultning oldini olishga qodir. Sog‘lom turmush tarziga rioya qilish eng oqilona va samarali profilaktik chora” — deydi tadqiqot muallifi Lize Syun.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"