Jahon

Vladimirlar Turkiyaga bormoqchi

Putin va Zelenskiyning tashrifi Turkiya prezidenti inauguratsiyasidan keyinga rejalashtirilgan.

Vladimirlar Turkiyaga bormoqchi

 

Hurriyet” nashrining maʼlum qilishicha, Zelenskiy va Putin Erdog‘an inauguratsiyasidan keyin Turkiyaga tashrif buyurishadi. 

 

Nashr maʼlumotlariga ko‘ra, Turkiyaning qayta saylangan prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘anning 3 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan inauguratsiyasidan so‘ng Vladimir Putin va Zelenskiy o‘z navbatida Anqaraga tashrif buyurishadi.

 

Manbalarda aytilishicha, avvaliga Putin Turkiyaga uchadi, keyin esa Zelenskiy tashrif buyuradi. Erdog‘an bilan muzokaralarning asosiy mavzulari Ukrainadagi urush va “don kelishuvi” bo‘lishi kutilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"