Jahon

Shimoliy Koreya uchirgan sunʼiy yo‘ldosh parvozi omadsiz kechdi

Raketa nosozlik tufayli dengizga quladi.

Shimoliy Koreya uchirgan sunʼiy yo‘ldosh parvozi omadsiz kechdi

 

Bugun, 31 may kuni Shimoliy Koreya sunʼiy yo‘ldoshining uchirilishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, yangi “Chollima-1” sunʼiy yo‘ldosh raketasi dvigatel va yonilg‘i tizimidagi beqarorlik tufayli muvaffaqiyatsizlikka uchragan.

 

Bu Shimoliy Koreyaning sunʼiy yo‘ldoshni uchirishga bo‘lgan oltinchi urinishi hisoblanadi. Shimoliy Koreya 2016 yilda ilk bor o‘zining sunʼiy yo‘ldoshini uchirgan edi.

 

Janubiy Koreyaning Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasining maʼlum qilishicha, harbiylar kosmik raketaning qismlari yig‘ib olish bo‘yicha operatsiya o‘tkazmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"