Jahon

Turkiyada prezidentlik saylovining 2-bosqichi boshlandi

Unda 60 million nafardan ortiq saylovchi ishtirok etadi.

Turkiyada prezidentlik saylovining 2-bosqichi boshlandi

 

Bugun, 28-may kuni Turkiyada mahalliy vaqt bilan soat 08:00 da prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichida ovoz berish uchun saylov uchastkalari ochildi.

 

Mamlakat bo‘yicha 191 mingdan ortiq saylov qutilari o‘rnatilgan. Saylovchilar soni 60 million kishidan oshadi.

 

14-may kuni bo‘lib o‘tgan ovoz berishning birinchi bosqichi natijalariga ko‘ra, nomzodlardan hech biri 50 foiz ovoz to‘play olmagan. “Respublika alyansi”dan nomzod, amaldagi prezident Rajab Toyib Erdog‘an (49,52 foiz ovoz) va “Xalq ittifoqi”dan nomzod Kemal Qilichdoro‘g‘li (44,88 foiz ovoz) ikkinchi turga chiqish huquqini qo‘lga kiritgan.

 

Birinchi turda 5,17 foiz ovoz olgan Ata alyansidan prezidentlikka sobiq nomzod Sinan O‘g‘an ikkinchi turda tarafdorlarini Erdog‘anni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

 

Ovozlarni hisoblash saylov uchastkalari yopilganidan so‘ng darhol, mahalliy vaqt bilan soat 17:00 da boshlanadi.

 

Xorijda yashayotgan Turkiya fuqarolari uchun ovoz berish 24-may kuni yakunlandi. 73 mamlakatda jami 3,5 million saylovchi ovoz berdi.

 

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"