Jahon

Eron yangi ballistik raketani namoyish qildi

Fransiya Tashqi ishlar vazirligi Eronning bu harakatini qoraladi.

Eron yangi ballistik raketani namoyish qildi

 

Eron Mudofaa vazirligi o‘zining so‘nggi ballistik raketasini namoyish qildi. Ekspertlar fikricha, bu Isroil va G‘arb davlatlari bilan ziddiyatni kuchaytirishi mumkin.

 

Jumladan, Fransiya Tashqi ishlar vazirligi Eron tomonidan ballistik raketa uchirilishini qoraladi va buni BMT Xavfsizlik kengashining 2015-yilda qabul qilingan Eron yadroviy muammosi bo‘yicha rezolyutsiyasini buzish deb atadi.

 

Raketaning uchirilishi aks etgan kadrlar davlat televideniyesi tomonidan eʼlon qilindi. Tehronning aytishicha, uning qurollari mintaqadagi Isroil va AQSH bazalariga yetib borishi mumkin.

 

Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, bu raketaning uchish masofasi ikki ming kilometrni tashkil qiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"