Jahon

Belgiyada 16 yoshdan ovoz berish huquqi joriy etildi

Bu YI ga aʼzo mamlakatlar — Malta, Germaniya va Avstriyadan keyin shunday qarorga kelgan to‘rtinchi davlatdir.

Belgiyada 16 yoshdan ovoz berish huquqi joriy etildi

 

Belgiyaliklarga Yevroparlament saylovlarida 16 yoshdan boshlab ovoz berish huquqi berildi — bu saylovchilarning faollik darajasini oshirishi kerak. Bu haqda Euronews xabar berdi.

 

Belgiya hukumati Yevroparlamentga saylovlarda ovoz berish uchun minimal yoshni 16 yoshga tushirdi. Bu YIga aʼzo mamlakatlar — Malta, Germaniya va Avstriyadan keyin shunday qarorga kelgan to‘rtinchi davlatdir.

 

Shu tariqa, 280 mingga yaqin belgiyalik yosh kelasi yili Yevropa darajasida o‘z so‘zini aytish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Lekin saylovchilar ro‘yxatiga avtomatik ravishda kiradigan kattalardan farqli o‘laroq, ovoz berishni istagan voyaga yetmaganlar oldindan ro‘yxatdan o‘tishlari kerak bo‘ladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"