Jahon

Aliyev Armaniston bilan kelishuv tuzilishi aniqligini aytdi

“Tinchlik muzokaralarining o‘tkazilishi Kavkazga uzoq muddatli tinchlik olib keladi deb umid qilamiz”, — deydi Ozarbayjon prezidenti.

Aliyev Armaniston bilan kelishuv tuzilishi aniqligini aytdi

 

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida tinchlik shartnomasi imzolanishi aniq. Bu haqda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Vilnyusda Litva prezidenti Gitanas Nauseda bilan qo‘shma matbuot bayonotida maʼlum qildi.

 

“Men Litva prezidentiga Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari haqida maʼlumot berdim. Tinchlik muzokaralarining o‘tkazilishi oxir-oqibat Kavkazga uzoq muddatli tinchlik olib keladi deb umid qilamiz… Tinchlik shartnomasi imzolanishi muqarrar deb hisoblaymiz va biz ushbu maqsadga erishish uchun konstruktiv saʼy-harakatlarni amalga oshirish uchun o‘z hissamizni qo‘shishga harakat qilmoqdamiz”, — dedi Aliyev.

 

Ozarbayjon prezidenti ushbu tinchlik shartnomasi barcha xalqaro norma va tamoyillarga mos kelishi kerakligini qo‘shimcha qildi.

 

Dushanba kuni ertalab Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Yerevan Ozarbayjon hududini, jumladan, Tog‘li Qorabog‘ni tan olishga tayyorligini maʼlum qilgandi. Lekin buning bir sharti borligini ham aytgan.

 

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"