Jahon

"Dushman yo‘q dema, u jardan narida" — Toqayev

Qozog‘iston prezidenti harbiy xizmatchilarni Vatan himoyachilari kuni bilan tabrikladi.

"Dushman yo‘q dema, u jardan narida" — Toqayev

 

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev yakshanba kuni harbiy xizmatchilarni Vatan himoyachilari kuni bilan tabrikladi.

 

Toqayev tabrigida mudofaa qobiliyatini doimiy ravishda oshirish Qozog‘istonning strategik vazifalaridan biri ekanini alohida taʼkidladi.

 

"Mudofaa qobiliyatini doimiy ravishda oshirish davlatning strategik vazifalaridan biridir. Qozog‘iston armiyasi vatanni qatʼiyat bilan himoya qilishga har daqiqada tayyor bo‘lishi kerak. Qurolli kuchlar mamlakat suvereniteti va yaxlitligining ishonchli kafolati, davlatning mustahkam tayanchi, xalqning hamjihatligi va ertangi kunga ishonch qo‘rg‘oni vazifasini bajaradi", — deyiladi tabrikda.

 

Toqayevning so‘zlariga ko‘ra, hozirda harbiylar "o‘z vatanlari osoyishtaligini qo‘riqlab, ota-bobolarining anʼanalarini davom ettirmoqda".

 

“Ularning olijanob xizmati navqiron avlod uchun ilhomlantiruvchi ibratdir. Barcha askar va ofitserlarga qasamyodga sodiqligi, xizmat burchini sidqidildan ado etgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Mard armiyamiz qudrati mustahkam, davlatimiz poydevori doimo mustahkam bo‘lsin!..

 

Biz barcha masalalarni BMT Nizomiga muvofiq xalqaro huquq doirasida hal qilish kerak, deb hisoblaymiz. Biroq, zamon har kuni o‘zgarib bormoqda. Davlatlar o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun ko‘pincha kuch ishlatgan. Dunyoda ommaviy qurollanish avj olgan. «Dushman yo‘q dema, u jardan narida» degan naql bor. «Hozirgi og‘ir davrda armiyaning ahamiyati oshdi», — degan Qozog‘iston  prezidenti.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"