Jahon

Turkiyada 12 ta mashina YTHga uchrab, 4 tasi yonib ketdi

Oqibatda 10 dan ortiq kishi halok bo‘lgan.

Turkiyada 12 ta mashina YTHga uchrab, 4 tasi yonib ketdi

 

Turkiyaning Hatay shahrida haydovchi boshqaruvidan chiqib ketgan yuk mashinasi boshqa avtomobillarga borib urildi. Oqibatda kamida 12 kishi halok bo‘lgan, yana 31 kishi jarohat olgan.

 

Qayd etilishicha, Iskenderundan Antakya yo‘nalishida harakatlanayotgan yuk mashinasining tormozi ishlamay qolgan va oldidagi yuk mashinasiga borib urilgan. U esa avval boshqa mashinalarga keyin, esa yo‘ldan chiqib ketib, olomonga borib urilgan. Jami 12 ta mashina shikastlangan, ulardan 4 tasi yonib ketgan.

 

Voqea joyiga 22 tez yordam mashinasi va uchta qutqaruv guruhi yetib borgan.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"