Jahon

Rossiya ishchi kuchi taqchilligiga duch keldi

Bir yilda 100 ming IT mutaxassislari mamlakatni tark etgan.

Rossiya ishchi kuchi taqchilligiga duch keldi

 

Britaniya razvedkasining xabar berishicha, Rossiya bir necha o‘n yilliklardagi eng katta ishchi kuchi taqchilligiga duch kelmoqda. Rossiya Markaziy banki 14 ming ish beruvchini o‘rganib chiqdi va bo‘sh ish o‘rinlari soni 1998 yildan beri eng past darajada ekanligini aniqladi.

 

Taʼkidlanishicha, so‘nggi uch yil ichida Rossiya aholisi SOVID-19 taʼsiri va Ukrainaga qarshi urush tufayli kutilganidan ikki million kishiga ko‘proq kamaydi.

 

2022 yilda Rossiya Federatsiyasini 1,3 milliongacha odam tark etdi, jumladan, muhim sohalarda ishlaydigan ko‘plab yosh va maʼlumotli mutaxassislar.

 

Rossiya Aloqa vazirligi 2022 yilda IT sohasi xodimlarining taxminan 10 foizi (100 ming kishi) mamlakatni tark etgani va qaytib kelmaganini maʼlum qildi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"