Jahon

JSST koronavirus profilaktikasiga doir ikki yillik dastur ishlab chiqdi

Hujjat 2023-yil apreldan 2025-yil aprelgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan.

JSST koronavirus profilaktikasiga doir ikki yillik dastur ishlab chiqdi

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti dunyoda koronavirus pandemiyasining o‘tkir bosqichini tugatish va infeksiyaning oldini olishga qaratilgan ikki yillik dasturni eʼlon qildi

 

Hujjat 2023-yil apreldan 2025-yil aprelgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan.

 

JSST rahbari Tedros Gebreyesusning tushuntirishicha, 2022 yilda qabul qilingan avvalgi dasturda belgilangan ikki strategik maqsad, yaʼni SARS-CoV-2 tarqalishi va o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirish uchun diagnostika hamda davolash qamrovini kengaytirish masalalari dolzarbligicha qolmoqda.

 

Shu bois, tashkilotning yangi strategiyasida bu ikki maqsad saqlab qolindi va uchinchisi qo‘shildi. Yaʼni uzoq muddatli barqaror profilaktik choralarni ko‘rishda mamlakatlarni qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilyapti.

 

Shuningdek, hujjatda koronavirus asoratlari va davomli COVID bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga alohida eʼtibor qaratilgan. Bunday holatlar koronavirusni yuqtirgan bemorlarning taxminan 6 foizida kuzatilyapti.

 

JSSTning aprel oyidagi tahliliga ko‘ra, dunyo aholisining COVID-19ga qarshi to‘liq bosqichda emlanish qamrovi 66 foizni tashkil qilmoqda.

 

Bu ko‘rsatkich tibbiyot xodimlari orasida 89 foiz, keksalar o‘rtasida esa 82 foizga teng. Biroq kam daromadli mamlakatlarda mazkur raqamlar mos ravishda 52 va 35 foizdan iborat.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"