Jahon

Ispaniyada suvdan foydalanishga cheklov qo'yildi

Mamlakat dahshatli qurg'oqchilikni boshdan kechirmoqda.

Ispaniyada suvdan foydalanishga cheklov qo'yildi

 

Kataloniya hukumati suvdan foydalanishga cheklovlar kiritmoqda. Bu 500 ta aholi punktiga tegishli

 

Bog'ni sug'orish haftada ikki martadan ko'p bo'lmasligi kerak. Avtomobillarni, trotuarlarni yuvish, hovuzlarni to'ldirish taqiqlanadi. Bu chora-tadbirlar qariyb yetti million kishiga ta'sir qiladi.

 

Ob-havo maʼlumotlariga koʻra, mintaqada harorat deyarli 40 daraja issiq, yomgʻir yog'ishi kutilmayapti. Vaziyat yaqin kelajakda o'zgarmaydi.

 

Dehqonlar suvsizlikdan qurib qaqshagan dalalarga ekin eka olmayapti. Bor hosillar esa suvsizlikdan nobud bo'lgan. Mahalliy aholi yomg'ir so'rab ibodat qilishni boshlagan. Mahalliy hokimiyat kataloniyaliklarni o‘zlari va boshqalar haqida qayg‘urishni boshlashga chaqirdi. Buning uchun suvni tejash kerak.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"