Jahon

Zelenskiy Finlyandiyaga bormoqchi

Ukraina ushbu mamlakatdan yordam olishi kutilmoqda.

Zelenskiy Finlyandiyaga bormoqchi

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy rasmiy tashrif bilan Finlyandiyaga boradi.

 

Tashrif davomida Zelenskiy va Finlyandiya prezidenti Sauli Niiniste o‘rtasida rasmiy muzokaralar bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Mavzu Ukrainaning Rossiyaga qarshi kurashi va Kiyevning Finlyandiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, shuningdek, mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar hamda global geosiyosiy vaziyat bilan bog‘liq bo‘ladi.

 

Tashrif davomida Zelenskiy, shuningdek, shimoliy mamlakatlar – Shvetsiya, Norvegiya, Daniya va Islandiya bosh vazirlarining uchrashuvida ishtirok etadi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"