Jahon

Tramp Baydenni masxara qildi

Bu oy Baydenning reytingi inauguratsiyadan beri eng past darajaga tushib ketdi.

Tramp Baydenni masxara qildi

 

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Oq uyning amaldagi rahbari Jo Baydenni omma oldida nutq so‘zlash chog‘idagi noqulay vaziyatlari haqida gapirib, masxara qildi

 

Nyu-Xempshirdagi mitingda Tramp Baydenning ikkinchi muddatga nomzodi ko‘rsatilishi haqida hazil qildi. U Baydenning harakatlarini ko'rsatib berdi.

 

"Qayerga boraman, qayerga boraman? Men ketishni xohlayman", — deya Tramp uning gaplarini takrorlab kulgan.

 

Avval xabar berganimizdek, bu oy Baydenning reytingi inauguratsiyadan beri eng past darajaga tushib ketdi. Uni saylovchilarning 37 foizi qo‘llab-quvvatlaydi.

 

So‘rov doirasida amerikaliklardan iqtisodiyotdagi vaziyatni baholash ham so‘ralgan. Natijada, respondentlarning atigi 16 foizi uni a'lo yoki yaxshi, 47 foizi yomon deb atagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"