Jahon

Chexiya va Slovakiya rahbarlari Ukrainaga keldi

Ular Kiyevni oxirigacha qo‘llashlarini bildirishgan.

Chexiya va Slovakiya rahbarlari Ukrainaga keldi

 

Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy mamlakatga tashrif buyurgan Chexiya va Slovakiya prezidentlari bilan uchrashdi.

 

Muzokaralar chog‘ida Zelenskiy Chexiya hukumatiga Rossiyaning keng ko‘lamli bosqinining birinchi kunlaridanoq Ukrainani har tomonlama qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi.

 

O‘z navbatida, Chexiya prezidenti Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini hamda o‘z mustaqilligi uchun kurashayotgan ukrainaliklarning qatʼiyati va jasoratiga qoyil qolishini bildirdi.

 

Slovakiya prezidenti Zuzana Chaputova bilan uchrashuvda Zelenskiy o‘z mamlakatiga Ukrainaga gumanitar va mudofaa yordami uchun rahmat aytdi.

 

“Mamlakatingizda vaqtincha bo‘lgan ukrainaliklarni qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun tashakkur. Shuningdek, armiyamizni jang maydonida qudratli qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun sizga rahmat aytaman”, — dedi Kiyev rahbari.

 

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"