Jahon

Rossiya va Ukraina o‘zaro harbiy asirlarni almashdi

Tomonlar 10 aprelda ham asirlar almashgandi.

Rossiya va Ukraina o‘zaro harbiy asirlarni almashdi

 

Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi 26 aprel kuni bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijasida 40 nafar rossiyalik harbiy xizmatchi Ukrainadan, Ukraina tomoni esa 44 nafar harbiyni qaytarganini maʼlum qildi

 

“Ozod qilingan harbiy xizmatchilar Rossiya Mudofaa vazirligining tibbiyot muassasalarida davolanish va reabilitatsiya qilish uchun Rossiya Aerokosmik kuchlari harbiy-transport aviatsiyasi samolyotlarida Moskvaga yetkaziladi. Ozodlikka chiqarilganlarning barchasiga zarur tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatilmoqda", — deyiladi xabarda. 

 

O‘z navbatida, Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak ijtimoiy tarmoqlarda 44 nafar harbiy xizmatchi vatanga qaytganini aytdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"