Jahon

Rossiyada dars qilishni istamagan bola ota-onasidan voz kechdi

Hozirda oila bilan psixologlar ishlamoqda.

Rossiyada dars qilishni istamagan bola ota-onasidan voz kechdi

 

Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida maktab o‘quvchisi vasiylik organiga kelib, ota-onasini vasiylik huquqidan mahrum qilishni so‘radi. Bunga bolaning darslari va uy ishlarini qilishni istamasligi sabab bo‘ldi.

 

Tashkilot murojaatchi arizasini befarq qoldirmay, oilaning ahvoli bilan tanishib chiqdi.

 

“Ona ishlaydi, spirtli ichimliklar isteʼmol qilmaydi, politsiya eʼtiboriga tushmagan”, deyiladi xulosada.

 

Ayni paytda oila bilan psixologlar ishlamoqda.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"