Jahon

Osiyoni jazirama to‘lqini qamrab oldi

Hindistonda issiqlik to‘lqini sabab maktablar yopildi.

Osiyoni jazirama to‘lqini qamrab oldi

 

Xitoy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Yanszi daryosi deltasining ko‘plab provinsiyalarida aprel oyi uchun rekord harorat kuzatilmoqda. Pekinda 20 darajadan yuqori harorat — bu ham aprel rekordi hisoblanadi.

 

Hindistonda issiqlik to‘lqini tufayli bir qancha shtatlarda maktablar yopildi. Termometrlar 44 darajaga ko‘tariladi.

 

Laosning turli hududlarida harorat 41,5 dan 43 darajagacha yetgan. Bu aprel oyida qayd etilgan mamlakat tarixidagi eng yuqorisi hisoblanadi.

 

Tailandda suv sepuvchi moslamalar allaqachon talash bo‘lib sotilmoqda. Osiyodagi eng kuchli jazirama bu yerda qayd etilgan. Mamlakat shimoli-g‘arbidagi Taki aeroportida termometrlar 45,5 darajani ko‘rsatdi. Qirollik sog‘liqni saqlash departamenti aholini issiqlik urishi xavfidan ogohlantirdi. Ob-havo anomaliyalari Bangladesh va Yaponiyada ham qayd etilgan. Sinoptiklar may oyida mintaqa aholisini nima kutayotganini aniqlashga harakat qilmoqda.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"