Jahon

Yamanda tiqilinchda 80 kishi qurbon bo‘ldi

Rasmiylar qurbonlar soni yana oshishi mumkinligini aytmoqda.

Yamanda tiqilinchda 80 kishi qurbon bo‘ldi

 

Yaman poytaxti Sanada tiqilinchda qolib qurbon bo‘lganlar soni 80 kishiga yetgani aytilmoqda.

 

“Poytaxtning sharqiy qismida bab-al-Yaman tumanidagi Main maktabida joylashgan gumanitar yordam tarqatish markazida ro‘y bergan tiqilinchda qurbon bo‘lganlar soni 80 kishiga yetdi. Ular orasida bolalar ham borligi taʼkidlanmoqda. Shuningdek 120 kishi jarohat olgan”, – deyiladi xabarda.  

 

Manbada taʼkidlanishicha, jarohat olganlar orasida 20 dan ziyod kishining ahvoli juda og‘ir, shu bois yaqin orada qurbonlar soni yana ortishi mumkin.  

 

Guvohlarning taʼkidlashicha, bu ilk bor kuzatilayotgan fojiadir. Tadbirkorlar har haftada aynan shu joyda  muhtojlarga yordam tarqatgan va shu vaqtgacha bunday hodisa kuzatilmagan.  

 

Xusitlar tashkil qilgan Oliy siyosiy kengash tarqatgan xabarda taʼkidlanishicha, kengash rahbari Maxdi al-Mashat halok bo‘lganlarning oila aʼzolariga hamdardlik bildirgan va  voqeani  tekshirish uchun maxsus qo‘mita tuzishga ko‘rsatma bergan.  

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"