Jahon

Oq uyga ilk "muvaffaqiyatli bosqin"

Vashingtonda ikki yoshli bola Oq uy atrofidagi panjaradan o‘tib ketdi.

Oq uyga ilk "muvaffaqiyatli bosqin"

 

Oq uydagi xavfsizlik uchun masʼul bo‘lgan AQSH Maxfiy xizmati bolani prezident qarorgohi atrofidagi shimoliy maysazorda yurganini ko‘rib qoldi va bolani olib chiqib, ota-onasiga berdi. Ular qisqa so‘roqqa tutilgan.

 

OAVning qayd etishicha, bu Oq uy hududiga devor balandligi deyarli ikki baravar oshirilib, 3,9 metrga yetganidan beri birinchi "muvaffaqiyatli bosqindir". Panjaralar orasidagi masofa taxminan 12,7 SM.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"